Kun.uz sayti 2020 yil 1 apreldan boşlab kutilayotgan ayrim özgarişlarni e'tiboringizga havola etadi.
Toşkentdan propiskasiz uy sotib oliş mumkin böladi
Prezidentning şu yil 2 martda imzolagan farmoniga asosan 2020 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk olişda Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş talab qilinmasligini közda tutuvçi tartib joriy etiladi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi va respublikaning boşqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda köçmas mulk oldi-sotdisi şartnomalarini rasmiylaştiriş uçun davlat bojining alohida stavkasini bekor qiliş möljallanmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu tartibni joriy etişni közda tutuvçi «Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibini yanada soddalaştiriş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Muhokama şu yilning 31 martiga qadar davom etişi nazarda tutilsa, mazkur masalaning ijrosi böyiça belgilangan muddat buziladi.
Ayrim fuqaroligi bölmagan şaxslarga nisbatan Özbekiston fuqaroligini tan oliş boşlanadi
Şu yilning 13 mart kuni tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonun ayrim qoidalari 1 apreldan boşlab kuçga kiradi.
Jumladan, 1995 yil 1 yanvarga qadar Özbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan ötgan, çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda uşbu Qonun kuçga kirguniga qadar fuqaroligi bölmagan şaxsga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi asosida yaşab turgan şaxs istak bildirgan taqdirda, Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.
Ota-onasi (yolğiz otasi yoki onasi) Özbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga köra Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.













