Karantin davrida xodim o‘z faoliyatini qayerda va qanday olib boriladi? Agar mehnat ta'tili berilsa ish haqi to‘lanadimi? Shu kabi savollar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining nirinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov bilan karantin vaqtidagi mehnatning qonun-qoidalarini bo‘yicha suhbatlashdik 

 - Hozirgi kunda maktab va bog‘chalar ishlamayapti. Biz farzandlarimiz bilan birga bo‘lishimiz uchun mehnat ta'tili beriladimi?

 - Karantin davrida, ta'lim muassasalari o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtab turgan paytda maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari va maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qarab turish uchun ularning ishlayotgan ota yoki onasining biriga ish haqi to‘lanadigan mehnat ta'tili beriladi. Amaldagi mehnat kodeksiga binoan mehnat ta'tili faqat ish beruvchi va xodim o‘rtasida kelishilgan vaqtga beriladi. Bunda 6 oydan kam ishlagan xodim mehnat ta'tilini olishga haqli emas edi. Yangi, karantin davridagi farmon bilan shu ikkita me'yor amal qilinishi to‘xtab turibdi. Hozirgi karantin davrida ishlayotgan ota onalar mehnat ta'tili qaysi oyga qo‘yilishidan qat'i nazar mart-aprel oyiga ta'til olishga haqli. Bundan tashqari 6 oydan kam ishlagan xodimlar ham belgilangan tartibda ish haqi to‘lanadigan mehnat ta'tilini olishga haqli etib belgilandi.

Erkin Muhitdinov

 - Xodimlar shu paytgacha mehnat ta'tilini olib bo‘lgan bo‘lishsa, ular nima qilishi kerak?

 - Bunda ish beruvchi xodim uchun uch yo‘nalishda ish bilan ta'minlaydi. Birinchi: xodimni masofadan turib mehnat sharoitlariga o‘tkazish. Ikkinchi: xodim qisqartirilgan yoki to‘liq bo‘lmagan ish bilan ta'minlanadi. Uchinchi: xodim rozi bo‘lgan taqdirda ish haqi to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga chiqariladi.

 - Ta'lim muassasasida ishlayotgan xodimning ish haqi saqlanadimi?

 - Yangi qabul qilingan farmonga asosan davlat budjetidan moliyalashtiriladigan barcha maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o‘rta maktablari, oliy ta'lim, sport va madaniyat muassasalari xodimlariga ish haqi to‘lanib turiladi. Chunki amaldagi qonunlarga binoan xodimning aybi bo‘lmayotgan paytda unga ish haqi to‘lanadi.

 - Masofaviy mehnat qanday amalga oshiriladi?