Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda yana bir nufuzli siyosatchi koronavirusdan vafot etdi
Eronning sobiq tashqi ishlar vazirining muovini koronavirus tufayli vafot etdi.
Eronning Damashqdagi sobiq elchisi, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va parlament spikeri maslahatchisi Husayn Shayxulislom (67 yosh) yangi koronavirus keltirib chiqargan Covid-19 pnevmoniyasi tufayli vafot etdi.
Eron davlat televideniyesi xabarlariga ko‘ra, bir qancha muddat davomida Erondagi Butunjahon Islomiy Mazhablar Assotsiatsiyasining Bosh kotibi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Shayxulislom Covid-19 sabab Tehronning Masih Danishver kasalxonasida vafot etgan.
Damashq elchixonasi muovini, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Assambleya prezidentining maslahatchisi bo‘lib ishlagan Shayxulislom 1979 yil 4 noyabrda AQShning Tehrondagi elchixonasini bosib olishda faol rol o‘ynagan shaxslardan biri sifatida ham tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu hafta boshida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy boshchiligidagi Muvofiqlik Kengashining oliy a'zosi bo‘lgan 71 yoshli Muhammad Mirmuhammadiy koronavirus tufayli vafot etgandi. Bundan tashqari, Eron parlamentinig o‘nlab a'zolarida koronavirus aniqlangan, shuningdek, Eron Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iroj Harirchi, Shoshilinch tez tibbiy yordam rahbari Pirhusayn Kolivand hamda Sanoat, konlar va savdo vaziri Rizo Rahmoniy ham koronavirus bilan kasallangan.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda jami 85 mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 97 942 nafarni tashkil etmoqda, 3383 kishi virus qurboni bo‘lgan, 55 185 kishi sog‘ayib ketgan.
- 5 mart ma'lumotiga ko‘ra, Eronda 3513 kishida virus aniqlangan, 107 kishi olamdan o‘tgan.
Mavzuga oid
11:00
Tramp «arab davlatlari iltimosi bilan» Eronga yangi hujumni ortga surganini aytdi
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
22:24 / 18.05.2026