Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Unga asosan Jinoyat-protsessual kodeksi yangi modda bilan töldirilişi kutilmoqda.
Unga köra, protsess iştirokçilari va boşqa şaxslar, şuningdek jinoyat işini yuritişdan manfaatdor bölgan korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning vakillari yakka tartibda yoki jamoa bölib tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi mansabdor şaxs, suriştiruvçi, tergovçi, prokuror, şuningdek sudga ular tomonidan qabul qilingan qarorlar böyiça tuşuntiriş (huquqiy izoh) oliş yuzasidan murojaat etişga haqlidir.
Tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi mansabdor şaxs, suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sudlar uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan şaxslarning murojaatlarini ön beş kun içida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş talab etilganda esa, bir oygaça bölgan muddatda körib çiqişga va körib çiqiş natijasi böyiça tuşuntiriş (huquqiy izoh) bilan birgalikda asoslangan javob yuborişga majbur.
Bunda javobdagi tuşuntiriş (huquqiy izohlar) davlat sirlari, tijorat siri yoki boşqa sirni öz içiga olgan axborot bilan boğliq bölmasligi lozim.
Şuningdek, tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organning mansabdor şaxsi, suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sud protsessual majburlov çorasini qöllagan taqdirda, statistik kartoçkalarning elektron şakllarini tuziş orqali protsessual majburlov çorasi qöllanilgan şaxs va uning saqlaniş joyi töğrisida ma'lumotlarni “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga majburiy tarzda kiritadi.
Jinoyat işlari, Kodeksning 84-moddasi birinçi qismi 1, 2, 3 va 8-bandlari va beşinçi qismiga muvofiq jinoyat işi qözğatişni rad etilgan tergovga qadar tekşiruv materiallari, sud muhokamalari hamda sud qarorlari ijrosi natijalari, ayblanuvçi va jabrlanuvçi tariqasida jalb etilgan iştirokçilar, şaxsga nisbatan qöllanilgan protsessual majburlov çoralari, şuningdek jinoyat işi böyiça boşqa ma'lumotlar statistik kartoçkalarning elektron şakllarini tuziş orqali “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga kiritiladi.
Özbekiston Respublikasining 2011 yil 29 sentyabrda qabul qilingan “Jinoyat işini yuritiş çoğida qamoqda saqlaş töğrisida”gi ÖRQ–298-sonli Qonunning 5-moddasi uçinçi qism bilan töldiriladi.
Unga köra, uşlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va ularni saqlaş joylari haqidagi ma'lumotlar statistik kartoçkalarning elektron şakllarini tuziş orqali “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga tegişinça uşlab turiş bayonnomasini tuzgan şaxs va qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş haqida qaror qabul qilgan sud tomonidan majburiy tartibda kiritiladi.












