Bu haqda 25 mart kuni Iroq armiyasi qömondoni matbuot kotibi Abdulkarim Halafga tayanib Iroq yangiliklar agentligi xabar berdi.
Halafning ta'kidlaşiça, fransuzlar Iroqni tark etgan va xalqaro koalitsiya aviabazasini evakuatsiya qilgan. Ular Iroqdan mahalliy hukumat bilan tuzilgan bitimga asosan çiqqan.
Fevralda Iroq parlamentining mudofaa va xavfsizlik qömitasi xalqaro koalitsiya kuçlari Iroq hududidagi amaliyotlarini töxtatgani va öz qöşinlarini evakuatsiya qilmoqçiligini ma'lum qilgan. Öşanda Al Jazeera telekanali Fransiya, Germaniya va Avstraliya Iroq armiyasining birlaşgan qömondonligiga öz qöşinlarini Iroqdan olib çiqişga tayyorlanayotgani böyiça murojaat qilganini ma'lum qilgan.












