Jahon | 15:56 / 26.03.2020
11301
1 daqiqa o‘qiladi

Sakkiz davlat BMTga maktub yozib, ayrim davlatlardan joriy etgan sanksiyalarini olib tashlashini talab qilishini so‘radi 

Avvalroq BMT bosh kotibi G20 davlatlarini koronavirusga qarshi kurashish uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirgandi.   

Foto: TASS

Rossiya, Xitoy, Eron, Suriya, Kuba, Nikaragua, KXDR va Venesuela BMT bosh kotibi Antoniu Gutterrishga bir qator davlatlardan koronavirusga qarshi kurashda xalaqit berayotgan sanksiyalarni olib tashlashni talab qilish kerakligini so‘rab jamoaviy maktub yo‘lladi.

"Biz siyosiy hisob-kitoblar insonlar hayotini qutqarish yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishiga yo‘l qo‘yolmaymiz. Global birdamlik vaqti keldi", - deyiladi maktubda.

Avvalroq BMT bosh kotibi G20 davlatlarini koronavirusga qarshi kurashish uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirgandi.   

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha 450 mingdan ortiq kishi koronavirus bilan zararlangan, 21 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid