AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 18-avgust kuni Xalqaro jinoiy sud prezidenti, yaponiyalik sudya Tomoko Akane hamda senegallik Abdulay Seyega nisbatan sanksiyalar kiritilganini ma’lum qildi.
Rubioning aytişiça, ular XJS yurisdiksiyasiga rozilik bermagan davlatlar mansabdorlarini tergov qiliş, hibsga oliş yoki jinoiy ta’qib qilişga qaratilgan sud harakatlarida bevosita iştirok etgan.
Abdulay Seye XJS prokuraturasida katta sud yuristi bölib, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga oliş uçun order söragan prokurorlar guruhida işlagan. U XJS sudyasi lavozimiga nomzod sifatida ham körsatilgan.
AQŞ tomonidan joriy etilgan sanksiyalar Akane va Seyening AQŞ yurisdiksiyasidagi aktivlarini muzlatiş hamda ularning Amerika moliyaviy tizimidan foydalaniş imkoniyatlarini çeklaşni nazarda tutadi.
Vaşington XJSni keskin tanqid qildi
Marko Rubio Xalqaro jinoiy sud faoliyatini keskin tanqid qilib, uni vakolatlarini suiiste’mol qilişda aybladi.
Vaşingtonning XJS bilan ziddiyatlari, xususan, sudning AQŞ va Isroilga doir harakatlari bilan boğliq. AQŞ XJSni taşkil etgan Rim statutining iştirokçisi emas va sudning amerikalik fuqarolar ustidan yurisdiksiyasini tan olmaydi.
AQŞ Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan XJS tomonidan çiqarilgan hibsga oliş orderlariga ham keskin qarşi çiqqan. Şuningdek, Vaşington sudning Afğonistondagi uruş doirasida amerikalik harbiylar bilan boğliq avvalgi tergovlarini tanqid qilib kelgan.
XJS: bu xalqaro huquqiy tartibga tahdid
Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Vaşingtonning yangi sanksiyalarini qoraladi.
Sud bayonotida sud-huquq tizimi vakillariga qonunni qöllagani uçun tahdid qilinişi xalqaro huquqiy tartibning öziga xavf tuğdirişi ta’kidlangan. XJS AQŞ çoralari qonun ustuvorligiga putur yetkazişini bildirdi.
Niderlandiya hukumati ham Vaşingtonning qaroriga qarşi çiqdi. Mamlakat taşqi işlar vaziri Tom Berendsen Xalqaro jinoiy sud va boşqa xalqaro sud institutlari öz vakolatlarini erkin bajara olişi kerakligini bildirdi. Niderlandiya XJSni qöllab-quvvatlaşda davom etişini ma’lum qildi.








