Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği Dilşod Rahimovning ma'lum qilişiça, sönggi kunlarda respublika böylab koronavirus infeksiyasi sababli transportlar harakatining çeklanişi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvçi vositalar uçun öz ta'sirini ötkazmaydi.

“Tomorqa yer egalari va fermerlar bilan hamkorlikda mahsulotlarga talab oşgan holatlarda bozorni töldiriş, oziq-ovqat mahsulotlarining narxini arzonlaştiriş maqsadida 16-25 mart kunlari respublika böyiça 5 000 tonnadan ortiq kartoşka, qariyb 2 000 tonna piyoz, 1 300 tonna sabzi, 114 tonna karam, 152 tonna tovuq göşti, 422 tonna mol va qöy göşti, 2,4 mln dona tuxum, 628 tonna guruç, 3 tonna olma işlab çiqaruvçilar tomonidan maxsus rastalar orqali içki bozorga intervensiya qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali "harakat çeklanganligi sababli bozorlarda mahsulotlar yetkazilişida muammolar yuzaga kelişi mumkinmi", degan savollar köp berilmoqda.

Bu savollar böyiça - harakat qatnovlari çeklangan şaroitda yuk avtomaşinalari va mahsulotlarning çeklovsiz hamda tösqinliksiz yetkazib berilişi ta'minlanmoqda. Çunki, uşbu çeklov yuk avtomaşinalari va oziq-ovqat mahsulotlarining harakatiga ta'sir körsatmaydi”, – dedi u AOKA huzuridagi ştabda taşkil etilgan brifingda.

“20 mart kunidan boşlab yuz niqoblari tibbiyot buyumlari röyxatidan çiqarilib, işlab çiqariş va sotişda litsenziya talab etiş tartibi bekor qilindi.

Işçi guruh tomonidan körilgan çoralar natijasida 27 mart holatiga standart asosida tibbiyot yuz niqoblari işlab çiqaruvçi korxonalar soni 28 tadan 154 taga, mahsulot hajmi esa kuniga 2,1 mln donaga yetkazilişiga erişildi.

Ötkazilgan tahlillarda, köp marta foydalaniladigan niqoblar işlab çiqariş imkoniyati mavjud bölgan 353 ta töqimaçilik korxonasining röyxati şakllantirilib, ular tomonidan bir kunda 5,2 mln dona mahsulot işlab çiqariş quvvati mavjudligi aniqlandi”, – deya qöşimça qildi Dilşod Rahimov