Bu haqda Xenkokning o‘zi tvitterda ma'lum qildi. U ham Jonson kabi karantinda qoladi.

“Shifokor tavsiyasiga ko‘ra koronavirusga tahlil topshirdim. Tahlil ijobiy chiqdi. Yaxshiyamki, kasallik alomatlari sezilarsiz. Men uydan ishlamoqdaman va karantinda qolaman. Sog‘liqni saqlash milliy xizmati tavsiyalariga amal qilishimiz hayotiy muhimdir”, deb yozgan Xenkok.

Ikki kun avval Britaniya shahzodasi Charlzda koronavirus aniqlangani ma'lum qilingandi.

Ayni vaqtda Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 14,5 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar soni 2921 nafarni tashkil qilmoqda.