Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Eronda ijtimoiy tarmoqlarda işlab çiqariş spirti – metanol koronavirusning oldini olişi va hattoki unga çalingan bemorlarni tuzatişi haqida yolğon xabarlar tarqalmoqda. Jumladan bunday yolğon xabarlar Britaniyaning Daily Mail naşri xabariga asoslangan holda tarqatilgan. Xabarda bir öqituvçi va yana bir neça kişi koronavirusdan “viski va asal” yordamida tuzalib ketgani haqida ma'lum qilingan.
Şu sababli köplab eronliklar virusni yengiş umidida tarkibida metanol bölgan kimyoviy vositalar – antifriz, suyultirgiç (rastvoritel) va avtomobil yonilğisi qabul qila boşlaşgan. Bu esa yuzlab qurbonlarga va minglab odamlarning soğliğiga turli darajada zarar yetişiga olib kelgan. Şuningdek, yuzlab odamlar kör bölib qolgan.
Ta'kidlanişiça, alkogolga talab oşgani ortida mahalliy “samogonçilar” öta zaharli metanol sotişmoqda.
“Metanolning koronavirusga qarşi samaradorligi haqidagi yolğon xabarning tarqatilişi Eron fuqarolariga koronavirus yetkazayotgan ziyon kabi zarar yetkazmoqda”, deb aytgan toksikolog şifokor Erik Xovda.
Mutaxassis ayni vaqtda koronavirusdan dori yöqligini eslatib ötgan.
10 ml metanolning (metil spirti) içga qabul qilinişi oğir zaharlanişga, 80-150 ml esa ölimga olib keladi. Zaharlaniş bir neça soat içida avj oladi.
Metanoldan zaharlanişning eng yengil şakli boş oğriği, holsizlik, köngil aynaş va qayt qiliş bilan keçadi. Organizmda metanol zaharli birikma - formaldegidgaça oksidlanadi. Metil spirti hid va ta'm böyiça iste'mol uçun qöllanadigan etil spirtidan farq qilmaydi. Undan zaharlanişda antidot sifatida etil spirti qöllanadi.
Ayni vaqtda Eronda koronavirusga çalinganlar soni 32 mingdan oşib ketdi, undan vafot etganlar soni 3 mingga yaqinlaşib qolgan. Eron Yaqin Şarq mintaqasida koronavirusdan eng köp aziyat çekayotgan davlat bölmoqda.













