Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 jahon iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga 5 trln dollar ajratadi
“Katta yigirmatalik” guruhi koronavirus va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldi.
26 mart kuni G20’ning tarixda birinchi marta virtual tarzda o‘tkazilgan sammiti davomida “Yigirmatalik”ka a'zo davlatlar koronavirus pandemiyasi va u olib kelgan iqtisodiy inqirozni yengish uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshirishga kelishib olishdi.
Guruh tomonidan qabul qilingan choralar orasida ham iqtisodiy, ham gumanitar masalalar bor.
Jumladan, “Yigirmatalik” quyidagi maqsadlarda bor imkoniyatini ishga soladi:
odamlar hayotini himoyalash;
ish o‘rinlari va aholi daromadlari darajasini saqlab qolish;
kelajakka ishonchni tiklash, moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish, iqtisodiy o‘sish va uning yanada tezlashishini tiklash;
savdo va global ishlab chiqarish-sotish zanjirlarida uzilishlarni minimallashtirish;
ko‘makka muhtoj barcha davlatlarga yordam ko‘rsatish;
jamoatchilik salomatligi va moliya sohalaridagi choralarni muvofiqlashtirish.
“Biz tibbiy maqsaddagi buyumlarga ehtiyojni qanoatlantirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiramiz va bu buyumlarning ommaviy tarzda ishlab chiqarilishini ta'minlaymiz. Ular qayerga zarurroq bo‘lsa o‘sha yerga, iloji boricha tezroq va hamyonbop narxda taqsimlanishi lozim”, deyilgan xabarda.
G20’ga a'zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlariga o‘zaro ilg‘or tajriba almashish va pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha “Yigirmatalik”ning shoshilinch harakatlar majmuasini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.
Mavzuga oid
12:21 / 21.11.2025
G20 JARda: sammit Tramp, Si va Putinsiz start olmoqda
20:58 / 13.11.2025
Tramp va Putin ortidan Si ham G20 sammitiga borishdan bosh tortdi
12:24 / 08.11.2025
Tramp JARdagi G20 sammitiga boykot bilan tahdid qilmoqda
18:37 / 21.09.2025