Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Karantinga oid çoralar amal qilişi davrida maktabgaça ta'lim taşkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati töxtatilganda maktabgaça ta'lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari va umumta'lim muassasalari boşlanğiç sinf öquvçilarining ota-onalariga yillik mehnat ta'tili berişning vaqtinçalik tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Nizom maktabgaça ta'lim taşkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati töxtatilgan davrda maktabgaça ta'lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari va umumta'lim muassasalarining boşlanğiç sinf öquvçilarining ota-onalariga tölanadigan yillik mehnat ta'tilini beriş şartlari töğrisida iş beruvçi va xodimlarni, şuningdek, aholining keng qatlamini xabardor qilişni ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan.

Nizom taşkilotning taşkiliy-huquqiy şakli va idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, barça taşkilotlar va ularning xodimlarga qöllaniladi.

Mehnat ta'tili Nizomga muvofiq, koronavirus pandemiyasi tarqalişini oldini oliş çora-tadbirlarini amalga oşiriş vaqtida maktabgaça ta'lim taşkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati töxtatilgan davrda maktabgaça ta'lim taşkilotlari tarbiyalanuvçisi – bolaning va umumta'lim muassasalarining boşlanğiç sinf öquvçisi, ya'ni 1-dan 4-sinfgaça bölgan öquvçining ota-ona (vasiy, homiy)siga beriladi.

Nizomga muvofiq mehnat ta'tili berilganda:

mehnat ta'tili olti oy işlagandan keyin berilişini inobatga olgan holda, birinçi yil işlayotgan xodimga uşbu ta'til beriş qoidalari qöllanilmaydi;

mehnat ta'tili xodimning xohişiga köra taşkilot tomonidan tasdiqlangan ta'tillar jadvalidan qat'iy nazar navbatdan taşqari beriladi.

Agar xodim koronavirus pandemiyasi tarqalişini oldini oliş çora-tadbirlarini amalga oşiriş vaqtida maktabgaça ta'lim taşkilotlari va umumta'lim muassasalarining faoliyati töxtatilgandan oldin mehnat ta'tilini olgan bölsa yoki karantin tadbirlari amalga oşirilayotgan davrda mehnat ta'tilini olişni xohlamasa, iş beruvçi xodimning xohişiga köra quyidagilarni amalga oşirişi mumkin:

xodimni masofaviy iş usuli, moslaşuvçan iş jadvali yoki uyda işlaşga vaqtinça ötkazişi mumkin;

xodimga mehnat haqi saqlanmagan holda ta'til beriş.