Qibray tumanidagi chorva mollari bozorining ishlashda davom etishi karantinga zid emasmi?
Bugun, 28 mart kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov bozorlarning karantin choralariga rioya etmay, ishlashda davom etishi haqidagi savolga javob berdi.
Nurmat Otabekov Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi chorva mollari bozori bugungi kunga sanitariya qoidalariga zid ravishda faoliyatini davom ettirayotgani bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Respublikada tashkil etilgan komissiyaning bayonnomasi asosida belgilangan har bir maxsus karantin tadbiri hamma uchun majburiy. Bajarishdan bosh tortishga hech kimning haqqi yo‘q. Agar shunday holat qayd etiladigan bo‘lsa, ularga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan chora ko‘riladi”, - dedi Nurmat Otabekov.
Matbuot anjumanida karantin paytida veterinariya shifoxonalari ishlamasa, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytiga kirib, murojaat qilish mumkinligi aytildi.
Bundan tashqari, Nurmat Otabekov bojxona sohasida ko‘rilgan choralar haqidagi savolga ham javob berdi.
“O‘zbekistonga yuk olib kirish bilan bog‘liq amaliyotlar davom etyapti. Shunday ekan, bojxonada xizmat qilayotgan har bir xodimga sharoitlar yaratilgan. Bilamizki, yuk va tovarlarda virus uzoq vaqt saqlanmaydi u 3-4 soatgacha yashashi mumkin. Olib kirilayotgan mahsulotlarda virus bo‘lishi ehtimoli juda kam. Yuklarni qabul qilish bilan shug‘ullanadigan bojxona xodimlari uchun tegishli himoya imkoniyatlari ishga solingan” deya ma'lumot berdi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi
Jamiyat | 16:22
-
🔴LIVE: G‘azoda sulh ehtimoli, Ukrainada hamon mavhumlik | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 15:35
-
Kompensatsiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 15:05
-
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti
Jahon | 14:42
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

14:01 / 27.12.2024
Qibrayda Qozog‘istondan tortilgan yashirin yerosti quvuri aniqlandi

16:01 / 28.10.2024
Qibrayda bepul tibbiy ko‘rik uchun o‘qituvchilardan pul olinayotgani aytilmoqda

13:37 / 01.10.2024