Içki işlar vazirligi axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov avtotransport vositalari harakati  çeklanişi bilan boğliq ma'lumot berdi.

«Avtotransport vositasidan foydalaniş imkonini beruvçi stikerning orqa tomoniga Adliya vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma ilova qilinadi. Mazkur stiker bölmagan avtotransport vositalarining harakatlanişi taqiqlanadi.

Bu stiker viloyatlararo harakatlaniş huquqini beradi. Stikerdan faqatgina taşkilotga tegişli bölgan avtotransportda harakatlaniş uçun foydalanilişi kerak, undan şaxsiy manfaatlarda suiiste'mol qilişga yöl qöyilmaydi», dedi Şohruh Ğiyosov 26 mart kuni bölib ötgan brifingda.

Vazirlik rasmiysi ruxsat etilgan istisno holatlaridan taşqari şaxsiy transport vositalarida harakatlaniş uçun javobgarlik borligi haqida ogohlantirdi.

«Fuqarolarga öz şaxsiy avtotransport vositasidan foydalaniş faqatgina tezkor tibbiy yordam zarur bölganda tibbiyot muassasalariga boriş-keliş uçun ruxsat beriladi. Agarda şaxsiy transport vositalarida şu holatlardan taşqari yölga çiqilsa, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik köriladi», deya vazirlik vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, litsenziyasi bölgan taksi haydovçilariga yölovçilarni taşiş mumkin emas, faqat kur'yerlik (mahsulotni uyga yetkazib beriş) vazifasini bajariş uçun harakatlaniş ruxsat etiladi.

Şohruh Ğiyosov birlamçi ehtiyojlar — oziq-ovqat va dori vositalari xaridi uçun piyoda çiqişni tavsiya qildi.

«Dori va oziq-ovqat xaridi masalasida uyga yaqin bölgan savdo maskani yoki dorixonaga piyoda çiqib, kerakli mahsulotni xarid qiliş tavsiya etiladi», dedi u.

  • Özbekistonda 30 mart kuni soat 06:00 dan şaxsiy transportdan foydalanişga çeklov qöyiladi. 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanişiga ruxsat beriladi.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga (Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş) köra:

Karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişining yoki tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buziş, şu jumladan karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida şifoxonadagi içki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekşiruvdan ötiş va davolaniş, karantinni ötaş uçun belgilangan joylarga yetib boriş va uşbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqiş xavfi mavjud bölgan davrda muloqotda bölingan şaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oşkor qiliş töğrisidagi yoki boşqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan öttiz baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — öttiz baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.