Bugungi kunda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘chalar va jamoat joylari dezinfeksiya qilinyapti. Ko‘plab shaharlarda maxsus brigadalar buning uchun xlor ohagi va suv aralashmasidan foydalanishyapti. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lum qilishicha, bu kabi aralashmalarning sepilishi burun, ko‘z, og‘iz shilliq qavatiga zarar keltiradi.
Xlor ohagi koronavirusga qarshi kurashda haqiqatan ham samarali va yuzalarni samarali tozalaydi. Biroq xlor inson shilliq qavatlariga zarar yetkazishi, terini kuydirishi mumkin. Aynan shuning uchun dezinfeksiya o‘tkazish vaqtida maxsus kiyimda bo‘lish, kimyoviy vositalar bilan ishlash qoidalariga rioya etish kerak. Biroq dezinfeksiyadan keyin shaxsiy himoya vositalarisiz yuzalarni ushlash mumkin emas. Xonalar dezinfeksiya qilinayotganda ham u yerdan chiqib turish kerak. Xlor bilan dezinfeksiya qilinganidan keyin barcha yuzalarni oddiy suv bilan yuviladi. Shundan keyin ularga qo‘l bilan tegish mumkin.

Xitoyda jumladan uning Shanxay, Pekin va Uhan shaharlarida ko‘chalar va jamoat joylarini dezinfeksiya qilishga sanitar brigadalari jalb etilgan. Xlorli ohak va suv aralashmasi to‘ldirilgan yuk mashinalaridan tashqari mustaqil harakatlanadigan skuterlarda himoya niqobini taqqan ishchilar dezinfeksiya ishlarini amalga oshiradi. Xitoydagi epidemiya tarqalgan ilk kunlardayoq ommaviy axborot vositalarida havoni dezinfeksiya qiluvchi vositalarning sepilishi haqida xabar berilgandi. Ko‘plab suratlarda maxsus brigadalar ballonlardagi dezinfeksiya vositalarini sepishganini ko‘rish mumkin.

Janubiy Koreyada yangi koronavirus qayd etilgan bemorlar orasidagi o‘lim holatlari dunyodagi eng past ko‘rsatkichni (9478 holatga 144 o‘limm) tashkil etmoqda. Ekspertlar aholini ommaviy testdan o‘tkazish, fuqarolarning karantin talablariga rioya etishi, shuningdek, ommaviy joylar va shahar ko‘chalarining dezinfeksiya qilinishi CoVID-19 bilan samarali kurashishga hissa qo‘shayotganini aytishmoqda.


















