Xalqimiz sabrli, hamma narsadan xayr axtaradigan xalq. Şuning uçun ham «Oxiri baxayr bölsin», degan gapni bot-bot takrorlaymiz. Har qanday vaziyatda ham, tuşkunlikka tuşmaslik, işonçning etagidan mahkam tutib, virusga qarşi birgalikda kuraşişimiz kerak.
Zotan, sevimli adiblarimizdan biri aytganidek, işonç yöqolsa, orzu qoladi. Orzu yöqolsa, umid qoladi. Umid yöqolsa, ilinj qoladi. Ilinj yöqolsa... Heç nima qolmaydi...
Unday kundan esa Xudoning özi asrasin!
Keling, endi koronavirus epidemiyasidan ham bir xayr axtarib köraylik. Işoning, dunyo miqyosida epidemiyaning yaxşi alomatlari ham sekin-asta közga taşlana boşladi:
1. Havo ifloslanişi kamaydi
Dunyo mamlakatlari jon taloşida virusga qarşi kuraşayotgan ayni bir paytda atmosferaning ifloslaniş darajasi sezilarli darajada pasaygan. Xitoyda ham, Italiyaning şimolida ham sanoat nofaolligi va avtoulovlar qatnovining uzilişi natijasida havoni ifloslantiruvçi modda – azot dioksidi keskin kamaygani aytilmoqda.
Nyu-York tadqiqotçilarining ma'lum qilişiça, asosan avtomobillardan çiquvçi uglerod oksidi ötgan yilga nisbatan qariyb 50 foizga, avtomobillar qatnovi esa 35 foizga ozaygan.

Köplab aviakompaniyalar parvozlarni bekor qilgan, sayohatlar keyinga surilgan, odamlar masofadan turib işlayotgan bu damlarda havodagi zararli gaz miqdori tobora kamayib bormoqda.
Butun dunyo liderlari bir yerga jam bölib hal qila olmagan global iqlim özgarişlari yangi va yaxşi evrilişlar tomon yuz burmoqda. Nafsilamrini aytganda, uzoq yillar mobaynida inson omilidan aziyat çekib, zada bölgan ona tabiat va nihoyat özini özi qayta tiklamoqda.
2. Kanal, dengiz, okean suvlari tozalanib bormoqda
Masalan, Venetsiya aholisi şahar böylab ötgan maşhur kanallarning suvi keyingi paytlarda asta-sekin tozalanib borayotganini payqaşdi. Italiya şimolidagi maşhur sayyohlik yönalişidagi loyqalanib turuvçi suv oqimi sönggi kunlarda şu qadar ravşanlaşganki, hatto endi suv ostidagi baliqlarni ham yaqqol körişingiz mumkin...














