Özbekistonda karantin şaroitida biznesni saqlab qoliş çoralari qanday? Pandemiya tufayli eng köp zarar köradigan sohalar qaysilar? Onlayn xizmatlar sohasining taqdiri qanday böladi? MyTaxi hamda restoran va savdo nuqtalaridan yetkazib beriş Express 24 loyihalari asosçisi Akmal Payziyev Kun.uz muxbirining ana şu savollariga javob berdi.

— Nima deb öylaysiz, pandemiya şaroitida Özbekistonda biznesda qanday özgarişlar böladi? Ya'ni taqdir taqozosi bilan onlayn xizmatlar yanada rivojlanadimi yoki aholi tuşumlarining tuşib ketişi uşbu yönaliş rivojlanişiga tösqinlik qiladimi?

— Yuzaga kelgan vaziyat – dökonlar, qahvaxonalar yopilişi odamlarni yangi narsalarni örganişga undamoqda. Odamlarni ayrim narsalarga örgatiş qiyin. Aytaylik, oddiy telefondan foydalansangiz, yangi telefonga örganiş, yoki bir dasturdan boşqasiga ötiş qiyin.

Bugun esa yangi narsani örganişga majbur bölişyapti. Keyinçalik onlayn xizmatlardan foydalanişga örganganlarning bir qismi uni tark etsa ham köpçilik qoladi. Avvalgi bilan taqqoslaganda onlayn bozor yuzlab marta ösadi deb öylayman. Hozirgi holat buni taqozo qilyapti.

Aholi tuşumlarining bu jarayonga ta'siriga kelsak, onlayn xizmatlar orqali bozordan savdo qiliş ham mumkin. Bozorni ham raqamlaştiriş mumkin. Texnologiyalardan töğri foydalanib, tadbirkorlar taklif berişsa, bu imkonsiz narsa esa emas. Barça rivojlangan davlatlar ana şu bosqiçdan ötişgan.

— Karantin çoralari MyTaxi va Express24’ga qanday ta'sir körsatdi?

— Karantin çoralari sababli nafaqat MyTaxi, balki barça taksi xizmatlarida buyurtmalar körsatkiçi tuşdi. Çunki köpçilik uyda ötiribdi. Asosiy foydalanuvçilar biznesda, kompaniyalar, davlat xizmatlarida faoliyat yuritadigan odamlar. Bizda yetkazib beriş tariflari ham bor. Unda aksinça buyurtmalar köpaydi.

Bundan taşqari, boşqa ijtimoiy işlarni ham amalga oşiryapmiz. Masalan, Express24’ning market bölimida niqoblarni heç qanday komissiyalarsiz işlab çiqaruvçilar narxida sotyapmiz. Har kuni yangi 3-4ta dökonlar qöşib borilyapti. Express 24 Market’ga qöşiş uçun navbatda 30-40ta dökon turibdi. Bundan taşqari, köplab qahvaxona va restoranlar ham qöşib borilyapti. Unga köplab dökonlar ulanişining asosiy sababi – saytni yaratiş köp xarajat talab qiladi. Buning uçun 300 dollardan 500 ming dollargaça pul ketişi mumkin. Express 24 Market’ga esa bor-yöği 2-3 kunda bepul ulanişlari mumkin.