Samarqand viloyati DXX va IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ana şunday fuqarolardan biri aniqlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ma'lum bölişiça, Paxtaçi tumanida yaşovçi, 1977 yilda tuğilgan A.Şomurodov 25 mart kuni soat taxminan 16:00larda, marhum mahalladoşi köp miqdorda spirtli içimlik iste'mol qilganligi oqibatida vafot etganligini eşitib, soat 19:33 da Telegram messenjeridagi bir neçta kanallarga özining «AKBAR ŞOMURADOV» nomli niki orqali «Paxtaçi tumani «Toma» mahallasida yaşovçi O. ismli şaxs koronavirusga çalinib, köp miqdorda aroq içib bugun vafot etganligi aytilmoqda», nomli yolğon ma'lumotni yozib yuborganligi aniqlandi.
Paxtaçi tuman Ma'muriy işlar böyiça sudi tomonidan unga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 205-moddasida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uçun 30 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Samarqand viloyati IIB eslatadi: Özbekiston Respublikasining ÖRQ–613-sonli Qonuniga muvofiq, Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 244-5-modda bilan töldirildi.
Unga köra, karantin davrida inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişi haqida haqiqatga töğri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatiş BHMning 200 baravarigaça (44 mln 600 ming söm) jarima jazosiga tortişga, 300 soatgaça majburiy jamoat işlari va 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolaşga sabab böladi.
Şuningdek, uşbu harakatlarni sodir etgan şaxs 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari, 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 3 yilgaça ozodlikni çeklaş va 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan jazolanadi.












