Rahimovning aytişiça, karantin e'lon qilingan vaziyatda respublikadagi 215ta dehqon bozori, 167ta savdo majmuasi, dorixonalar, ulgurji savdo bazalari va tovar xomaşyo birjalariga prokuratura, departament va soliq idoralarining 2604 nafar xodimi biriktirilgan bölib, kuçaytirilgan rejimda nazorat olib borilmoqda.
«Iste'mol bozorida narxlarni asossiz ravişda oşirmaslik töğrisida qariyb 40 mingta tuşuntiriş tadbiri ötkazilib, narxlarni oşirmaslik haqida 23 mingdan ortiq tadbirkordan kafolat xatlari olindi», – dedi departament boşliği 28 mart kungi brifingda.
Unga köra, jami 728ta holatda (undan 102tasi dorixonalar bilan boğliq) umumiy qiymati 2 mlrd sömga yaqin mahsulotlarni turli manipulyatsiyalar orqali qimmat sotiş holatlari aniqlangan bölib, aybdor şaxslarga qonuniy çoralar körilgan.
«Xususan, Toşkent tumanida ötkazilgan nazorat tadbirlarida fuqaro A.Sayfudinov davlat röyxatidan ötmasdan tegişli hujjatlarsiz 150 mln sömlik 10000 dona tibbiy yuz niqobini noqonuniy ravişda sotayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. Holat böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda», dedi Dilşod Rahimov.


















