Transport vazirligi matbuot kotibi Navröz Aşurmatov taksilarning karantin davridagi faoliyatiga aniqlik kiritdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, 2020 yil 30 mart kunidan e'tiboran yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasiga ega bölgan yönalişsiz taksilarga (özlarining röyxatdan ötgan ma'muriy hududi doirasida) yölovçilarsiz, yetkazib beriş xizmati (kurer, dostavka) amalga oşirişlari mumkin.
Bunda köçalarda harakatlaniş uçun avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.
Sodda qilib aytganda, taksilarning yölovçi taşişiga ruxsat etilmaydi. Bu esa haydovçilarning taksi parklariga kunlik tölov tölaşga majbur emasligini anglatadi.
Yetkazib beriş xizmati (kurer, dostavka) bilan şuğullanayotgan taksi haydovçilarining kunlik tölovlari masalasi haydovçi va taşuvçi taşkilot örtasidagi munosabatlari mehnat qonunçiligiga asosan tartibga solinadi», – dedi Transport vazirligi matbuot kotibi.
Aşurmatov Samarqand viloyatida karantin davri bölişiga qaramay, hali ham kunlik tölov talab etilayotgani haqidagi savolga ham izoh berdi.
«Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi 636-sonli qarori bilan tasdiqlangan taşiş faoliyatini litsenziyalaş yuzasidan davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentiga muvofiq, tijorat asosida yölovçilarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyati yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2003 yil 1 avgustdagi 108-son buyruği bilan tasdiqlangan «Çipta-hisob va yöl varaqasini töldiriş böyiça» yöriqnomaga muvofiq, yöl varaqalari yönalişsiz taksilarning işini tariflovçi asosiy hujjat hisoblanadi.
Yönalişsiz taksi haydovçilariga yöl varaqalarini beriş taşuvçi taşkilotning navbatçi dispetçeri tomonidan amalga oşiriladi. Bunda haydovçilar tomonidan xeç qanday tölovlarni amalga oşirilişi közda tutilmagan.
Nafaqat bugungi kun şaroitida, balki pandemiya rejimidan taşqari holatda ham yuridik şaxslar tomonidan yöl varaqalarini berganlik uçun yönalişsiz taksi xaydovçilaridan kunlik tölovlarni talab qilişi xeç qanday asosga ega emas.
Mazkur holat Samarqand viloyati transport boşqarmasi tomonidan nazoratga olindi», – dedi Transport vazirligi rasmiysi 30 mart kungi brifingda.












