Foto: Turmush.kg

Qirğiziston hukumatining Öş viloyatidagi vakolatxonasidan xabar berişlariça, yordam yuklari 29 mart kuni tonggi soat 4da «Dostuk» nazorat-ötkaziş punkti orqali ötkazilib, Öşga yetkazilgan. Bu haqda Bu haqda Qirğizistonning «Turmush» portali xabar tarqatdi.

Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev 10 mingta tibbiyot maskasi va 900ta himoya kostyumlari, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov esa 4800ta ekspress-testlar va regayentlar jönatgan.

Foto: Turmush.kg

Nazorat-ötkaziş punktida yordam yuklarni hukumat vakolatxonasi vakili U.Jilqiboyev kutib olgan.

Uşbu vositalar nazorat ostidagi hududlarga koronavirusga qarşi tahlillarni oliş uçun yuboriladi. Himoya vositalari esa tibbiyot xodimlariga tarqatiladi.

Foto: Turmush.kg
Foto: Turmush.kg

Ma'lumot uçun, Qirğizistonda koronavirusga çalingan ilk bemor 17 mart kuni Jalolobod viloyatida aniqlangan. Ayni paytda koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 94 nafarga yetgan.

Qirğizistonda COVID-19dan töliq tuzaliş va ölim holati hozirça qayd etilmadi.