Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyadan kelgan 212 nafar fuqaro karantindan chiqarildi
15 mart kuni Koreya Respublikasidan kelgan 212 nafar fuqaro «Chotqol» sanatoriysiga karantinga joylashtirilgandi. Belgilangan muddat o‘tgach, ular yashash manzillariga jo‘natildi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati 15 mart kuni Janubiy Koreyadan uchib kelib, karantinga olingan shaxslar orasida koronavirus holati aniqlanmaganini bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Transport vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida markazlashgan holda, fuqarolarni avtobusda manzillariga yetkazib qo‘yish ishlari tashkillashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilishini ta'kidlab, aholini karantin tartibini buzmaslikka chaqirdi.
Bundan avval, Latviya va Erondan Namanganga keltirilib, karantinga olingan 212 nafar fuqaro, belgilangan muddat tugagach, o‘z yashash viloyatlariga qaytarilgandi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:09 / 11.05.2026