Dushanba kuni Shimoliy Makedoniyani NATOga qabul qilish bo‘yicha yakuniy marosim - Bryusseldagi bosh qarorgoh oldidagi maydonda ushbu davlat bayrog‘ini ham ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Shimoliy Makedoniyaning tashkilot qoshidagi ishonchli vakili Zoran Todorov qariyb bo‘sh maydonda nutq qilishdi.

Odatda bunday marosimlarda yuzlab rasmiy shaxslar va jurnalistlar ishtirok etgan bo‘lardi. Ammo hozir koronavirus pandemiyasi.

NATOning tashkil etilishi

Ikkinchi jahon urushi tugagach, uning g‘oliblaridan biri sifatida nafaqat g‘arbiy yarimshar, balki dunyoning eng qudratli davlatiga aylangan AQSh o‘z harbiylari Yevropada muqim o‘rnashib qolishini maqsad qilib bir nechta davlatlarda o‘z harbiy bazalarini ochdi.

AQSh Yevropadagi sanoqli harbiy bazalar yordamida SSSRning «sotsializm balosi»ga qarshi turib bo‘lmasligini tushunib yetadi va Yevropa mamlakatlari bilan harbiy blok tuzish rejasini tuza boshlaydi. Olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar natijasida 1949 yil 4 aprelda AQSh, Kanada va Yevropaning 10ta davlati tomonidan NATO (North Atlantic Treaty Organization – Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi) tuzilgani e'lon qilinadi.

Alyansga Yevropa davlatlaridan birinchi bo‘lib Islandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Daniya, Italiya va Portugaliya qo‘shiladi. 1952 yil tashkilotga Gretsiya va Turkiya, 1955 yilda GFR a'zo bo‘lib kiradi.

1954 yil SSSR ham NATO bilan hamkorlik qilish uchun tashkilotga murojaat qiladi, ammo bu taklif a'zo davlatlar tomonidan rad etiladi. 1955 yil SSSR va uning Sharqiy Yevropadagi ittifoqdoshlari NATOga qarshi