Neft qazib olish hajmini qisqartirish bitimi amal qilishdan to‘xtadi
1 apreldan neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha tuzilgan OPeK+ bitimi amal qilishdan to‘xtadi. U neft narxini 50 dollardan yuqori qiymatda ushlab turishga imkon bergandi.

Foto: Alamy / TASS
Bitim 2016 yilda neft qazib oluvchi davlatlar tomonidan tuzilgandi. Bu davlatlar 1 apreldan ushbu bitimdan chiqib ketishdi.
Ta'kidlanishicha, neft narxini 3 yil davomida barqaror ushlab turishga imkon bergan Vena pakti koronavirus pandemiyasining “qurbonlari”dan biri bo‘ldi.
Neft eksport qiluvchi davlatlar tomonidan tuzilgan tarixdagi eng yirik kelishuv 2016 yilda Rossiya OPeK bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lganda tuzilgandi.
O‘shanda Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini nafaqat ixtiyoriy ravishda qisqartirishga kelisha olishgan, balki bunga OPeKga kirmaydigan o‘nlab davlatlarni jalb qila olishgandi.
2017 yildan kelishuv o‘z samarasini bera boshlagan va shundan beri neft narxi 50-70 dollar atrofida saqlanib kelinayotgandi.
3 yil ichida bitim parametrlari bir necha bor o‘zgargan, biroq 2020 yil marti boshida uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Bu neft narxlarining qulashiga olib kelib, tarixda ilk bor neft narxi bir kun ichida 30 foizga qadrsizlangan va 31 dollarni tashkil qilgan.
Mart oxiriga kelib neft yanada arzonlashib, 22 dollargacha tushib ketdi.
Tahlilchilar fikricha, neft narxi qulashiga OPeK+ bitimi barbod bo‘lgani emas, balki koronavirus pandemiyasi ortida talab mislsiz pasaygani asosiy sabab hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tokioda besh nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Jahon | 11:21
-
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisi eng yirik AI markazi
Jahon | 11:02
-
O‘zbekistonda har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi
O‘zbekiston | 10:53
-
Ukraina fuqarosi Kir Starmerning uyiga o‘t qo‘yishda ayblanmoqda
Jahon | 10:51
Mavzuga oid

17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

16:31 / 09.06.2023