Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «Özbekiston 24» telekanaliga intervyu berdi.
«Avtotransport çeklovini yuz foiz töxtatib bölmaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi kabi eng muhim holatlarda avtotransport harakati kerak. Faqat suiiste'mol bölmasligi uçun biz mezonlarni kiritişga majburmiz.
Eng oğir şaroitlarni belgilaganimizda ham suiiste'molga harakat qiliş holatlari bölyapti. Şuning uçun bir narsani murojaat qilib aytmoqçimiz: fuqarolarimiz biron bir holatda ham Davlat xizmatlari markazlariga bormasliklari kerak.
Oldin elektron xizmat körsatişda elektron imzo şart bölardi. Oson bölişi, bemalol murojaat qiliş uçun hozir buni ham bekor qilganmiz.
[Maxsus ruxsatnoma] tayyor bölsa, rad qilinmaydigan holatda biz özimiz tegişli xabarni yuboramiz. Kerak bölsa, özimiz olib borib beramiz. Ya'ni karantin qoidalarini buzib, Davlat xizmatlari markazlariga kelişga ehtiyoj yöq», – deya Davletovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Murojaatdan söng: minglab fuqarolar stiker uçun bergan arizasini qaytarib oldi
Ruxsatnomaning aslini oliş uçun fuqarolar DXMlarga öz maşinasida borişlari mumkin – DXA
Yetkazib beriş xizmatiga yaqinda işga kirgan bölsa, stiker uçun hujjatlari ötmaydi – Davletov













