Bugungi kunda Tojikiston koronavirusga çaliniş bilan boğliq birorta ham holat qayd etilmagan sanoqli davlatlardan biri bölib turibdi.

Oddiy aholi va mutaxassislarni bir savol qiziqtirmoqda: Tojikiston qanday qilib koronavirusdan özini himoya qila oldi, bunda qanday omillar rol öynadi?

Sputnik Tojikiston eng keng tarqalgan taxminlarni e'lon qildi.

 Tanilmasang, soğlom bölasan

 Tojikiston – yetarliça yopiq mamlakat. Uni yirik ötkaziş punkti yoki xorijlik turistlarning sevimli maskani deb bölmaydi.

 Aviabiletlar narxi "çaqadi", heç kim turizmni reklama qilmaydi. Turistlar oqimi kam. Şunga mos ravişda, respublikada aviaparvozlar minimal miqdorda, tranzit reyslar umuman yöq. Şu bois Tojikiston hududiga infeksiya kirib kelişi Yevropa yoki Şimoliy Amerika mamlakatlariga nisbatan ança qiyin. Zero virus tarqatuvçi asosiy xatar turistlardir.

 Ana şu yopiqlik Tojikistonni koronavirusdan himoya qildi, degan fikr mavjud. Uning iqtisodiy, xalqaro aloqalar va aviaparvozlar tarmoği rivojlangan qöşnilari bölmiş Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston Tojikistonga nisbatan bir neça baravar köp xorijliklarni qabul qiladi.

 Bundan taşqari, Tojikiston qit'a içkarisida, transport oqimidan çetda joylaşgan. Xitoy bilan şarqiy çegara zudlik bilan yopildi. Qozoğiston orqali tranzitning vaqtinça töxtatilişi ham respublika xavfsizligini ta'minladi.

 Koronavirus – boylarning kasalligi

 Navbatdagi taxmin – u yoki bu mamlakat fuqarolari qança köp sayohat qilsa yoxud qança köp xorijlikni qabul qilsa, koronavirus tarqalişi ehtimoli şunçalik yuqori böladi.

 Koronavirusni topiş-tutişi yaxşi odamlar olib kelmoqda. Tojikiston fuqarolari esa daromadi kamligi va biletlar narxi sababli çegaradan taşqariga kam çiqişadi. Aholining aksariyat qismi xorijda işlaydi, uyiga bir-ikki yilda bir marta keladi.

 Tibbiyot zaifligi tufayli koronavirusni aniqlay olişmayapti

Tojikiston tibbiyoti darajasi kasalxonalar jihozlanişi va mutaxassislar malakasi böyiça jahon standartlari darajasiga javob bera olmaydi.