Davlat rahbari nomidan birodar afğon xalqiga Özbekistonning döstona yordami sifatida yölga tuşgan ezgulik poyezdi – insoniyat uçun umumiy ofatga aylangan koronavirus bilan kuraşiş jarayonida birinçi navbatda zarur mahsulotlar asosida şakllantirilgan.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlovçi teplovizor, pirometrlar singari tibbiy vositalar, un, yoğ, guruç va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinçi darajali xöjalik tovarlar, şuningdek jafokaş afğon bolalari uçun trikotaj mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toşkent-Termiz-Mozori-Şarif yönalişi böyiça yetkazib beriladi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Özbekiston respublikasi prezidenti topşiriğiga asosan, koronavirusdan eng köp aziyat çekkan Xitoy Xalq Respublikasi va Eronga insonparvarlik yordamini jönatilgan edi.