2016 yilda Berlinda taşkil qilingan matbuot anjumanida Figu va Puyol savollarga javob berişar ekan, bir jurnalist ayol katalon tilida sözlaşni boşlaydi.

«Odatda men kataloniyalik jurnalistlarning savollariga javob bermayman, lekin siz uçun istisno qilaman, çunki çiroyli ayol ekansiz», – deydi öşanda Luiş Figu.

Bu qisqagina voqeada juda köp ma'no va tarix yaşiringan. Luişning «Real»ga ötganiga 16 yil, faoliyatini tugatganiga yetti yil böldi, ammo u Barselona matbuoti qanday qilib muxlislarning nafratiga olov sepganini unutmaydi. Oddiy fakt: hatto 2010 yilda ham Kataloniyaning Sport gazetasi navbatdagi sonlaridan birini şunday muqova bilan bezadi – «Figuning sotqinligiga ön yil».

Tabiiyki, Figu özini bu darajada nafratga loyiq deb hisoblamaydi va bunga asosiy aybdor sifatida matbuotni köradi. Şu bilan birga, Berlindagi hazili uning doim sovuqqonlikni va xotirjamlikni ham saqlay olganini namoyon etadi. Bu xislat unga juda qiyin qarorlarni qabul qilişda yordam bergan. «Barselona»dan «Real»ga ötiş, masalan.

Birinçi talqin

Keyinroq, Figuning yaqin dösti, «Real» bilan muzokaralarda qatnaşgan Paulu Futrening aytişiça, futbolçi umuman bu transfer amalga oşişini istamagan. Futrening talqiniga köra, bularning hammasi Florentino Peresning katta firibgarligi bölgan. U öşa paytlarda «Real» prezidentligi uçun kuraşayotgan, ammo yaqqol autsayder edi. Çunki «Real»ni uzoq (öttiz yil) tanaffusdan söng, ikki marta YeÇL ğolibligiga olib kelgan Lorenso Sans bosqiçma-bosqiç klubni rivojlantirib borar, muxlislar ham uni yaxşi körişardi.

Şu payt Peres paydo böladi va agar «Real» prezidenti bölsa, Figuni sotib olişga va'da beradi. Bunga işoniş qiyin edi. Tasavvur qiling, kimdir «Liverpul» prezidentligiga saylaniş oldidan Kevin De Bryuyneni olib kelişga işontira olarmidi? Ammo Peres futbolçining agenti bilan oldindan gaplaşib qöygandi.

Kelişuv şartiga köra, agar Peres saylovlarda yutqazsa, Figu Barselonada qolib, ikki million yevro oladi. Agar Peres yutadigan bölsa, futbolçi «Real»ga ötadi. «Real» muxlislarini tuşuniş mumkin – «qani nima bölarkin» degandek ular Peresni qöllay boşlaşdi. Figu va uning agenti ham bir qaraganda, töğri qaror qabul qilişgan – Peresning ğalaba qozonişiga işoniş qiyin, osongina ikki million yevro yutib olişi mumkin. Ammo yana bir şart bor, mabodo Peres yutsa-yu, Figu «Real»ga ötişni istamasa, jarima 35 million yevroni taşkil qiladi. Futbolçi öz agenti va yuristi bilan şu tomonini öylaşganiga şubha bor, xullas, oqibatdan Figuda «Real»ga rozi bölişdan boşqa çora qolmaydi.