Adliya vaziri Ruslanbek Davletov transport harakati uçun maxsus ruxsatnomani qalbakilaştiriş holatlariga izoh berdi.

«Bu masalada boşidan ana şunday oqibatlarga olib kelişini bilganmiz. Korrupsiyaga qarşi bölimimiz bu bilan şuğullanyapti.

Bundan taşqari, Adliya vazirligining markaziy apparatida har bir elektron arizaning körib çiqilişini monitoring qiladigan guruh işlayapti. Juda köp holatda agar asossiz, yetarli hujjatlarsiz berilgan bölsa, biz bekor qilyapmiz», – dedi Davletov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

Adliya vaziri ijtimoiy tarmoqlarda maxsus ruxsatnomani qalbakilaştiriş böyiça turli e'lonlar berilayotgani holatlariga ham izoh berdi.

«Yetkazib beriş xizmati korxonalariga qöşimça pul bersangiz, korxonaga işga olib, maşinangiz xuddi öşa korxonada yetkazib berişni amalga oşiradigandek qilib, hujjatlarni qalbakilaştirib berilayotgan holatlar bor. Bunga qarşi juda samarali tizimni yölga qöydik. [Maxsus ruxsatnoma uçun ariza bergan fuqaro] korxonada yangi işga olingan bölsa, hujjatlari ötmaydi.

Mehnat daftarçasidan nusxa sörayapmiz. Birdan yangi xodim olib, bizga ma'lumotnoma berilişiga heç kim işonmaydi, albatta.

Biz işonayotgan eng asosiy tizim – soliq bazasi bilan boğlab qöydik. Agar öşa xodim işlagan bölsa, u xodim böyiça tölangan soliqlar qani? Soliqlar va Pensiya jamğarmasiga ötkazib qöyilgan ajratmalar böyiça tizimni ulab qöydik. Heç qanaqasiga heç kimni alday olmaydi», – deya Ruslanbek Davletovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.