Murojaatdan so‘ng: minglab fuqarolar stiker uchun bergan arizasini qaytarib oldi
Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev qing‘ir yo‘llar bilan maxsus ruxsatnoma olishga urinayotgan «uddaburon» shaxslarga murojaat bilan chiqqan edi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, bu murojaat ortidan 9 mingga yaqin fuqaro stiker uchun arizasini qaytarib olgan.

Foto: KUN.UZ
«Kecha ijtimoiy tarmoqlarda agentlik rahbarining hissiyotli murojaatini tarqatdik. Shu murojaatimiz ham ta'sir qildi. Bugunning o‘zida 8900ta ariza ariza egalari tomonidan qaytarib olindi», – dedi Davletov 1 aprel kuni «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, DXA direktori o‘z murojaatida «dostavshchik» sifatida BMW X7 va Mercedes kabi premium-klass avtomashinalarga ruxsat olishga ariza berayotgan «uddaburon, uchar» tadbirkorlarni insofga chaqirib, ular tufayli haqiqatan ham oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini yetkazib beruvchilar tegishli ruxsatnomasini o‘z vaqtida ololmayotganini aytgandi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, maxsus ruxsatnoma uchun kuniga 20-30 mingtadan ariza kelib tushmoqda.
«Davlat xizmatlari markazlarida 14ta hudud va Toshkent shahrining 11ta tumanlarida shu xizmatlar ko‘rsatilyapti. 24 soat ishlash tizimiga o‘tdik. Bizga kelib tushayotgan arizalar soni [kuniga] kamida 20-30 mingta bo‘lyapti. Bugungi kunga kelib, 102 mingta ariza kelib tushdi», – deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning aytishicha, elektron tizim takomillashtirilgani natijasida 1,5 mingta ariza avtomatik tarzda rad etilgan.
«Elektron tizim shu darajada takomillashtirildiki, u tadbirkorlik sub'yektining kodlari to‘g‘ri kelmasa, avtomatik ravishda bekor qiladi. Bu degani bir kunda 20ta xodim qiladigan ishni tizimning o‘zi 5 daqiqada bajaryapti.
Kiritilgan arizalarning 1500tasi tizim yordamida avtomatik ravishda rad qilingan», – dedi Davletov.

Adliya vaziri shaxsiy transportdan foydalanish cheklovi faqat poytaxt shaharlar va viloyat markazlariga taalluqli ekaniga urg‘u berdi.
«Davlat tilida e'lon qilingan xabar internet resurslarida ruschaga tarjima qilinganida noto‘g‘ri ma'noda chiqqanini ko‘rdik. Bir narsani aniq aytib qo‘yishimiz kerak: birinchidan, bu – Toshkent shahri, Nukus shahri, viloyat ma'muriyat markazlariga taalluqli.
Boshqa tuman, shaharlaridagi hududlarga umuman taalluqli emas», – dedi Davletov.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022