«Turli ixtisoslikdagi şifokorlarning maslahatini onlayn şaklda oliş uçun telegram tarmoğidagi Askdoctor.uz kanaliga ulaniş kerak. Şuningdek, (71) 207-22-27 raqamiga qönğiroq qiliş orqali ham kerakli yönalişda bepul tibbiy videomaslahat oliş mumkin», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, şoşilinç tibbiy yordamga ehtiyoj paydo bölganda avtotransportda harakatlaniş uçun maxsus stikersiz tibbiyot muassasasiga boriş mumkinligi eslatib ötildi.

«Homiladorlik, tuğruq, oğir tana jarohatlari, OIV/OITS, onkologik kasalliklar, nurterapiyasi, gemodializ muolajasi, xirurgik operatsiya va şu kabi hayotga xavf soluvçi holatlarda maxsus stikersiz şaxsiy avtomobilda tibbiyot muassasasiga boriş mumkin.

Bemorning hayotini saqlab qoliş uçun juda muhim bölgan dori-darmonni oliş maqsadida uzoqdagi dorixonaga borişga töğri kelganda ham şaxsiy avtoulovdan stikersiz foydalaniş mumkin. Faqatgina bunda bemorning kasalligini tasdiqlovçi hujjat va dori uçun yozib berilgan retseptni özingiz bilan olişingiz kerak», deya qöşimça qildi Nurmat Otabekov.