“Farmoyiş bor, unda jarimalar aniq körsatib qöyilgan. Ayni vaqtda bu karantin qoidalariga rioya qilmaydigan, katta guruh bölib töplanuvçilarga va şahar ma'muriyati ogohlantirişlariga quloq solmaydiganlarga joriy qilinadi”, deb aytgan Bulay.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin karantin rejimini buzganlik uçun tölanadigan jarimalar haqidagi qonunni tasdiqlagandi. Unga köra, uydan asosli sababsiz köçaga çiqadiganlar 5 ming rublgaça, virus tarqalişiga qarşi çoralarni buzadigan taşkilotlar esa 500 ming rublgaça jarimaga tortiladi.  

30  mart kuni Moskva meri örinbosari Anastasiya Rakova özini majburiy izolyatsiya qiliş rejimi joriy qilinişi “öz turmuş tarzini özgartirişni istamagan odamlarning vaziyatni yetarliça anglamaganlari natijasi” bölganini aytgan.