Joriy yil 6 apreldan e'tiboran «özini yakkalaş» hayot tarzi Nukus va Toşkent şaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravişda joriy etiladi. Şuningdek, şu kundan boşlab bu şaharlarda mototrasnport (skuter) va velosipedlardan foydalaniş karantin vaqtida vaqtinça çeklanadi.

Joriy etilayotgan qoidalarga köra, Nukus va Toşkent şaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boşqalar) kiriş-çiqiş joylari tegişli mutaxassislar bilan ta'minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Bunda uşbu majmualarga taşrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati ölçanadi hamda harorat 37 °S va undan yuqori bölganda, mazkur fuqarolar uşbu majmualarga kiritişga yöl qöyilmaydi.

Bunda uşbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etiş tavsiya etiladi.

Şuningdek, markazlaşgan holda pirometrlarni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boşqalar) hamda karantin tadbirlari uçun ajratilgan joylarda dezinfeksiya işlari muntazam ravişda majburiy tartibda amalga oşirib boriladi.