Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida qor yog‘ishi mumkin
7-9 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi tumani (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
Foto: Dehqonobod tumani hokimligi
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 7-9 aprel kunlarida respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8 aprelda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sinoptiklar ma'lumotiga ko‘ra, 9 aprel kuni ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 7-8 aprelda shamol tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.
Havo harorati 7 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9 aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
8-9 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida qor yog‘ishi kuzatilgandi.
Mavzuga oid
10:09 / 18.12.2025
IIBB qorli ob-havoda haydovchilar va piyodalarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
10:25 / 16.12.2025
Qorli sovuq ketidan quruq sovuq havo
19:41 / 15.12.2025
Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
18:24 / 14.12.2025