Ayni vaqtda bemorlarning aksar qismi Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududida aniqlangan. Farğona viloyati esa koronavirusga çalinganlar soni böyiça Toşkentdan söng birinçi hududga aylangan.
«Ayni paytda Toşkent şahrida 170 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor davolanmoqda. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Farğona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qaşqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan şifoxonalarda davolanişmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
6 aprel holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 390 nafarni taşkil etmoqda. Bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir.
Eslatib ötamiz, mart oyi oxirida Özbekistondagi töyda qatnaşgan qozoğistonlik ayolda koronavirus aniqlangani haqida xabarlar paydo bölgandi.
Keyinroq Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi Qozoğistondan 14 mart kuni kelgan mehmonlar 18 mart kuni töy marosimida qatnaşgani, jami 20 nafar qozoğistonlik 25 mart kuni Özbekiston hududini tark etgani, Törtköl va Ellikqal'a tumanlarida uşbu şaxslar bilan körişgan fuqarolar aniqlanib, karantinga olingani haqida ma'lumot bergandi.












