Markazga borganimizda, hududdagi harbiy qism xodimlari ham test topşirgani kelişgan ekan. Maxsus ajratilgan joyda uç nafar SEOM xodimi navbat bilan kelganlarni qabul qilib, tahlil uçun tekşira boşladi.

Koronavirusga test topşiriş jarayoni quyidagiça amalga oşirilar ekan: Uç xodimdan biri test topşiruvçining burun halqumidan surtma oladi. Ikkinçisi surtmani probirkaga solib, maxsus idişga joylaydi va uçinçi xodim test topşiruvçi haqidagi şaxsiy ma'lumotlarni yozib oladi.

Test topşiriş jarayoni ikki-uç daqiqa davom etadi.

«Hozir zaxiramizda Xitoyda işlab çiqarilgan 10 mingta test sinamasi bor. Bir kunda 400ga yaqin kişidan namunalar olyapmiz.

Bakteriologlar va virusologlardan iborat brigadalarimiz sutkaning 24 soati davomida iş olib borişyapti», – deydi Andijon viloyat sanitariya-epidemilogik markazi rahbari Akromjon Ikromov.

Uning sözlariga köra, test javobi 6 soatda ma'lum böladi.

Bizga ma'lum qilişlariça, özida koronavirus alomatlarini sezgan fuqarolar test uçun bepul namuna topşirişlari mumkin.

Viloyat ştabidan olingan ma'lumotga köra, 7 aprel soat 15:00 holatiga Andijon viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar soni 61 nafarni taşkil etmoqda. Ular viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda.

Kun.uz muxbirlari:
Elmurod Ermatov, Sarvarbek Nazarov.