Bugun dunyoda kezib yurgan tahlikali şarpa – koronavirus infeksiyasi körinmas qöli bilan insonlarning şirin joniga çang soliş harakatida bölmoqda. Uning yana bir dahşatli izi jahon iqtisodiyotini tanazzulga yetaklamoqda. Xalqlar farovonligi va dunyo iqtisodiyoti taraqqiyotiga zarba bermoqda. Kun-u tun şovqinga tölgan şaharlar birin-ketin jimgina böşab qolmoqda… Bu maş'um pandemiyaning dunyo va biz körayotgan hozirgi manzaralari… Hali kelajakda yana nimalar röy berişini esa heç kim bilmaydi… Ammo xalqimizning qalbida bir işonç borki, bu sinovlardan talafotsiz ötiş umidi – Allohning marhamati, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati, millat birdamligiga işonçdir.
Davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasining oldini oliş va unga qarşi kuraş bo‘yiça strategik rejani öz vaqtida va juda qisqa fursatda qabul qildi. Mamlakatda mintaqalar xususiyatlarini hisobga olgan holda epidemiyaga qarşi kuraşişning samarali tizimi yaratildi. Umumiy maqsad aniqlandi – qat'iyat bilan kasallik tarqalişining oldini oliş. Buning kuçi şundaki, butun mamlakat uşbu pandemiyaga qarşi kuraşda yagona rejaga amal qilişi zarur. Uşbu yönalişdagi asosiy jihatlar infeksiya manbasini nazorat qiliş va uning tarqaliş yöllarini yopişdir.
Millat lideri profilaktika va nazoratning asosiy talablarini aniq belgilab berdi: erta aniqlaş, erta ma'lumot beriş, erta karantin va erta davolaş, bemorlar, mutaxassislar va imkoniyatlarni kerakli joylarda jamlaş. Asosiy vazifa davolanişga qabul qilingan va davolanib bölgan bemorlar sonini oşiriş, şuningdek, kasallikni yuqtiriş körsatkiçini kamaytiriş böldi.
Odamlar harakatini qat'iy va har tomonlama nazorat qiliş va boşqariş juda muhim ahamiyatga ega. Bunday strategik yeçimni işlab çiqiş uçun Şavkat Mirziyoyevning ulkan siyosiy jasorati kerak edi. Agar yordam qölini çöziş kerak bölsa, albatta, qöl çözilişi kerak, çunki ikkilaniş odamlarda tartibsizlik va vahima uyğotişi mumkin.
Biz işonamizki, Özbekiston xalqi öz davlatining qudrati va ruhini, ulkan mas'uliyat va onglilikni namoyon etmoqda, bu xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuqori baholanmoqda. Nafaqat özbek xalqining, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining xavfsizligi va soğliğini ta'minlaş böyiça aniq çoralar körilmoqda.
Virus tarqalişining oldini oliş uçun mamlakatdagi eng yirik jamoatçilik taşkilotining 5 millionlik armiyasi va mahallalarning har bir a'zosi karantin nima uçun zarurligini anglab yetişi kerak.












