Rais örinbosarining aytişiça, taşkilot tomonidan işçi guruh tuzilib voqea joyiga borilgan va uç kun davomida töpolon sabablari örganilgan. Natijada janjal kelib çiqişining bir neçta sabablari aniqlangan. Qirğizaliyev karantin şaroitida işlaş rejimi özgarganini asosiy sabab sifatida keltirib ötdi.

«2016 yilda Qaşqadaryoda yirik kimyo kompleksini quriş böyiça qaror qabul qilingan. Ma'lum sabablar bilan quriliş dastlabki yillarda sal sustroq keçgan. Keyingi 1 yildan oşiq vaqt davomida juda katta quriliş-montaj işlari bajarilyapti.

Umumiy olganda, qurilişda 17 mingdan oşiqroq odam işlaşi kerak. Hozirda 13500dan ortiq işçi işlayapti. Buning 10 mingdan köproği – mahalliy işçi-xodimlar, qolganlari xorijlik quruvçilar.

Voqea bölganidan keyin biz katta guruh tuzdik-da, öşa joyga yetib bordik. 14ta savoldan iborat anketa tuzib, 3 kun davomida 1500ga yaqin işçi bilan muloqot ötkazdik. Töldirilgan anketalarning hammasi bor. Muammo va kamçiliklarni aniqlaşga harakat qildik.

Qobiljon Qirğizaliyev

Eng katta muammo – u yerda xodimlar ilgari 22 kun işlab, 8 kun dam oliş rejimida işlagan, lekin pandemiya tufayli öşa rejim buzilgan. Ular işda 60-70 kun qolib ketişgan. Tasavvur qiling, iş joyining atrofi öralgan. Heç qayerga çiqiş mumkin emas. Törtta post bor. Heç kimni kirgizmaydi ham, çiqarmaydi ham.

Işçi-xodimlarni avtobusda olib kiradi – «propusknoy rejim». Yaşaş uçun 13400 kişilik şaharça qurilgan. U yerda ham törtta post bor. Kiriş-çiqiş mumkin emas. Lekin içida barça şaroitlar yaratilgan. Avtobus yaşaş joyidan işga, işdan yaşaş joyiga olib boradi. 60-70 kun davomida odamlar şu şaroitda yaşaşgan. Iloji yöq, hammaga kelgan töy. Öşa yerda qolib ketişgan.

Bundan taşqari, 14 kunlik karantin joriy qilingan bölib, ular ham şunça vaqt karantinda saqlangan.

Kompaniya işçi-xodimlar soğliğini muhofaza qiliş uçun 5 mlrd söm sarflagan: işçilarga test topşiriş uçun şaroit yaratilgan; yengil şakldagi kasallar öşa yerda, oğirroqlari şifoxonaga olib borilib, kompaniya hisobidan davolangan. Yaşaş joyida ham, iş joyida ham katta poliklinika bor.

130ga yaqin avtobus ularga xizmat körsatadi. Yotoq joyidan işga olib boradi. Ba'zilarini tuşlikka ham yotoq joyiga olib keladi.