Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov AOKAda ötkazilgan brifing vaqtida karantin vaqtida koronavirusni davolaş bilan boğliq bölmagan tibbiyot markazlari va kasalxonalarning işlaşi haqidagi savolga javob berdi. 

«Soğliqni saqlaş vazirligining 2020 yil 30 martdagi xatiga muvofiq, koronavirus bilan boğliq epidemiologik vaziyat vaqtida Toşkentda respublika darajasidagi 12ta davolaş-profilaktika muassasalari faoliyat olib borişni davom ettiradi.

Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ham ana şu röyxatga kiritilgan.

Bundan taşqari, stomatologiya yönalişidagi davolaş-profilaktika muassasalari avvalgidek faoliyat olib boradi, ular uçun heç qanday çeklovlar yöq», deya  Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.