Bu haqda Forbes naşri xabar berdi.
Oq uy rahbari aktivlari oxirgi oyda karantin çoralari sababli bir mlrd dollar kamroqqa baholangan. Bungaça Trampning boyligi 3,1 mlrd dollarga baholangan, endi esa bu raqam 2,1 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.
AQŞ prezidenti aktivlari baholanişi uning kompaniyalari işlaydigan segmentlarda aksiyalar narxi özgargani asosida olib borilgan. 1 martdan 18 martgaça bir neça developerlik kompaniyalari aksiyalari narxi 37 foizga arzonlaşib ketgan. Tramp kompaniyalarining katta qismi aynan developerlik sohasida işlaydi.
Bundan taşqari, Nyu-York va San-Fransiskodagi savdo va ofis köçmas mulki yöqotişlarga uçragan. Tramp turar-joy köçmas mulkiga ega bölib, uning narxi 235 mln dollardan 148 mln dollargaça tuşib ketgan.
Şuningdek, Trampning AQŞdagi mehmonxona biznesi ham yöqotişlarga uçragan: uning Vaşingtondagi mehmonxonalari va Mayamidagi kurorti kapitallaşuvi 107 mln dollardan 38 mln dollargaça tuşib ketgan.













