AQŞ senati kongressi xodimlari senatorlardan xavfsizlik nuqtai nazaridan onlayn-majlislar va boşqa anjumanlar vaqtida Zoom videokonferensiyalar servisidan foydalanmaslikni söraşdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Financial Times gazetasi xabar berdi.

Ularning aytişiça, parlament ijroçisi ana şunday ogohlantiriş bilan çiqqan. 

Gazetaning qayd etişiça, avvalroq Google kompaniyasi öz xodimlariga Zoom ilovasini köçirib olişni taqiqlagan.

Xabar qilinişiça, Pentagonda Zoom ilovasidan foydalaniş davom etmoqda, AQŞ içki xavfsizlik vazirligi esa Zoom Video Communications kompaniyasi xavfsizlik sohasidagi muammolardan xabardorligini va uning ustida işlayotganligini bildirgan.

3 aprel kuni The Washington Post gazetasi mazkur servis orqali amalga oşirilgan bir neça mingta şaxsiy videoqönğiroqlar yozuvlari internetga oçiq manba sifatida joylaştirilganini xabar qilgandi. 

Avvalroq Özbekiston Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi Zoom ilovasidan foydalanişda ehtiyot bölişga çaqirgandi.