“Men 3 oydan beri menga nisbatan davom etayotgan hujumlar haqida aytişim mumkin. Menga nisbatan keskin yoki irqiy izohlar... hattoki, hayotimga tahdidlar bölmoqda. Menga baribir. Bu şaxsiydir, hattoki hayotimga tahdid bölganda ham menga baribir, men hattoki ularga javob bermayman. Ammo hamjamiyat haqorat qilinsa, bunga çidab bölmaydi”, deb aytgan AQŞ prezidenti Donald Trampning JSSTning koronavirusga qarşi kuraşiş borasidagi işini tanqid qilişiga javoban Gebreyyesus.

JSST boş direktori Vaşington tomonidan bildirilayotgan tanqidlar haqidagi savolga javob berişdan boş tortgan.

“Öylaşimça, bu şartmas. Biz vaqtimizni behuda ketkazib va bir-birimizni barmoq bilan körsatmasligimiz kerak. Biz birlaşişimiz zarur. Agar birdamlikni ta'minlay olmasak, unda bizni yanada yomonroq vaziyat kutmoqda”, deb aytgan Gebreyyesus va JSST siyosat bilan şuğullanmasligini qöşimça qilgan.

“Men dunyoga ikkita narsani taklif qilmoqçiman. Birinçisi – milliy kölamda biz partiyaviy va boşqa kelişmovçiliklardan ustunroq bölib, işlaşimiz lozim. Milliy darajada siyosiy partiyalar, diniy yoki boşqa guruhlarda darz bölsa, virus bundan öz maqsadlarida foydalanib, bizni parçalaşi mumkin. Iltimos, bu virusni siyosiylaştirmang. Bu olov bilan öynaşişdir. Davlatingizdagi yakdillik uşbu virus ustidan ğalaba qozonişda juda muhimdir”, deb aytgan JSST rahbari.