Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati bunday çoralar nima uçun qöllanilayotgani borasida viloyat IIB boşliği örinbosari, podpolkovnik Ş.Ibragimovning sözlarini keltirmoqda.

«Biz bu orqali fuqarolarimizni imkon qadar uylarida bölişlarini ta'minlaşni maqsad qilganmiz. Ming afsuski, olib borilayotgan tarğibotlarga qaramasdan, fuqarolarimizning şahar köçalarida bemaqsad yurişlari kuzatilmoqda.

Mazkur taşkil etilgan kiçik postlarda xizmat olib borayotgan xodimlar ana şunday fuqarolarga tegişli tuşunçalar berib ularni imkon qadar uyda qolişga çaqirişmoqda hamda nazorat qilişmoqda.

Fuqarolarimizga yana bir bor murojaat qilib qolgan bölardim: uyda qolib karantin qoidalariga amal qiliş — kasallikka qarşi kuraşişning eng samarali yölidir.

Bu orqali nafaqat özingiz va oilangiz, balki millionlab kişilarning ham hayotini saqlab qolişda hissa qöşgan bölasiz».