17 martda Gure-Overflakke orolida yaşovçi Korneliya Ras özining 107-tuğilgan kunini nişonlagan. Ertasiga esa uning soğligi yomonlaşadi va tana harorati 38 darajaga kötariladi. Tez orada u yaşovçi qariyalar uyidagi boşqalarda ham tana harorati kötarila boşlaydi. Tekşiruvlar natijasida kampirşo bilan bilan birga umumiy hisobda 40 kişida koronavirus aniqlanadi.
Korneliya Ras bu kasallikka çalinganini xotirjam qabul qiladi va 2 hafta davolanişdan söng, 6 aprel kuni butunlay soğayib ketadi. Boşqalarda esa kasallik ança oğir ötadi va 12 kişi vafot etadi.
Endi Ras xonim JSST ma'lumotlariga köra koronavirusga çalinib omon qolganlar içida eng keksa kişi bölişi mumkin.
18 martda Eronning Semnon şahrida 103 yoşli ayol koronavirusga çalingani va bir hafta davolanişdan keyin tuzalib ketgani xabar qilingandi.
Statistik ma'lumotlarga köra 80 yoşdan oşib koronavirusga çalinganlar orasida ölim körsatkiçi 21,9 foizni taşkil qiladi.














