«Toşkent şahar hokimligi isitiş mavsumi davom etayotganini, markaziy isitiş ta'minoti öçirilişi rejalaştirilmayotganini ma'lum qiladi. 

Toşkent şahar hokimining isitiş mavsumining yakunlanişi haqidagi qarori ommaviy axborot vositalarida oldindan e'lon qilinadi», – deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, havo haroratining kötarilişi munosabati bilan 1 apreldan boşlab Toşkentda isitiş tizimini navbatma-navbat öçiriş rejalaştirilgan edi. Ammo keyinroq havo harorati tuşib, hatto qor yoğdi – 8-9 aprel kunlari keçasi nol darajagaça sovuq kuzatildi.