“Hammasi bölişi mumkin... biroq, fikrimça, bizning virus olib kelgan bölişimiz ehtimoli deyarli nolga teng”, deb aytgan fazogir 10 aprelda ötgan telebrifingda.
9 aprelda Boyqönğir kosmodromidan XKSga rossiyalik Anatoliy Ivanişin va Ivan Vagner hamda Kristofer Kessidi uçirilgandi. Koinot kemasi startdan 6 soat ötgaç fazogirlarni XKSga yetkazgan.
Kessidining ta'kidlaşiça, u Rossiyaga AQŞning Xyuston şahridan fevral oxirida kelgan, martning birinçi haftasida esa barça parvozoldi tayyorgarligi maşğulot bazasidan taşqariga çiqmagan, fazogirlar bilan faqat startga aloqador kişilargina muloqot qilgan. “Biz bunga qat'iy rioya qilganmiz. Ekipajimiz va taşqi dunyodan odamlar örtasida deyarli heç qanday muloqot bölmagan”, deb aytgan amerikalik astronavt.
“Bu missiya özgaça his qilindi, çunki biz Yerni global inqiroz vaqtida tark etdik”, deb qöşimça qilgan Kessidi. Astronavtning ta'kidlaşiça, u va uning hamkasblari butun dunyo fazogirlar koinot parvozi oldidan ötadigan karantinga öxşaş karantinga ketişini tasavvur qilişmagan. “Buni biz bilan birga butun dunyo qilişini bilmagandik”, deb aytgan astronavt va yuz berayotgan voqealardan afsuslaniş bildirgan.
Ayni vaqtda XKSda NASA astronavtlari Jyessika Meyr, Endryu Morgan va Kriss Kessidi hamda rossiyalik fazogirlar Oleg Skripoçka, Anatoliy Ivanişin va Ivan Vagner faoliyat olib bormoqda.


















