Sönggi ma'lumotlarga köra, kommunal tizimda jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Yöq, bu sohada xizmat körsatiş oldingidek darajada saqlanib qolgan, lekin tanganing ikkinçi tomoni bölgan yiğimlar masalasida vaziyat murakkablaşib borayotgani ma'lum bölib ulgurgan.

Jumladan, karantin çoralari e'lon qilinganidan buyon birgina içimlik suvi iste'moli uçun tölovlar 2,6 barobarga tuşib ketgan. Karantin boşlangunça iste'molçilardan bir kunda örtaça 4,5 mlrd söm tölovlar qilingan bölsa, endi bu körsatkiç 1,7 mlrd sömga tuşib qolgani haqida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi rasman ma'lumot bergan.

MIBning undiruv körsatkiçlari ham havas qilarli emasligi aniq. Katta ehtimol bilan yaqin vaqt içida vaziyat yanada oğirlaşişda davom etadi.

Şunday paytda bir taklifni öylab köriş fursati yetmadimikan.

Balki hukumat kommunal tölovlar böyiça çegirmalar qilişi kerakdir. Masalan, 1 mln söm qarzdorlarga yumşoqlik bilan agar yaqin bir hafta yoki bir oy içida qarz tölansa, 20 foiz, ya'ni 200 ming söm çegirma berilişi e'lon qilinsa, undiruvlar samaraliroq bölmaydimi?

Katta ehtimol bilan öşa 1 mln söm qarzdor bölgan iste'molçi bu imkoniyatdan foydalanişga harakat qiladi. Çunki bu sinab bölingan – yöl qoidalari buzilişi uçun jarimalarni («GAI ştraflari»ni) bir eslaylik. Haydovçilarning mutlaq köpçiligi çegirma muddatida jarimani tölaş va tejab qoliş payida böladi.

Qolaversa, kommunal soha va umuman iqtisodiyot uçun qaçon unişi mavhum bölgan 1 mln sömdan köra ayni paytdagi naqd 800 ming söm kattaroq foyda bölişi mumkin. Eng muhimi, iste'molçi bundan heç narsa yutqazmaydi, faqat yutiş imkoniyati beriladi xolos.

Abror Zohidov