Mening yaqin qarindoşim koronavirusga çalingan. Hozir davolaniş maskanida. Qarindoşimning salomatligini yo bölmasa qay ahvolda ekanligini biliş maqsadida u bilan masofa saqlagan holda yoki qandaydir maxsus "uçraşuv xona"sida uçraşişimiz mumkinmi? Uning ahvoli bizni xavotirga qöymoqda.

Koronavirus kasalligiga çalingan bemorlar haqida ma'lumot oliş mumkin, buning heç qanday qiyinçiligi yöq. Bu kasallikka çalingan şaxslar davolanayotgan muassasaning telefon raqamini “Ma'lumotlar byurosi”dan oliş mumkin. Aksariyat yuqumli kasalliklar şifoxonalarida bemorlarning mobil telefonlari özlarida qolgan.

Bevosita uçraşuvlar taqiqlanişidan maqsad tuşunarli – bemordan va soğlom odamga kasallik yuqişining oldini oliş.

Nega karantin muddatini tugatganlarni yana karantinga qayta olib ketişmoqda. Birinçi karantinda kasallik yuqdi, degan izoh berişyapti. Unda ikkinçi savol tuğiladi – soğlom odamlarning kasallikka çalinişiga kim yöl qöydi? Karantin davrida bölsa ham kimning xatosi bu?

Karantin 14 kun davom etadi. Agar karantin davomida bemor aniqlansa, karantin muddati oxirgi holat qayd etilmagan holda yana 14 kunga çöziladi. Agar karantin davrida kimdir kasallikka çalinsa, birinçi sababni özidan qidirişi kerak. Demak bu şaxs karantin qoidalariga qat'iy rioya qilmagan.