1. O‘z kompaniyangizni tanqidiy ko‘rib chiqing. Tashkilotlar inqirozga qarshi shayligini qayta ko‘rib chiqishi, moliyaviy va operatsion testlar o‘tkazishi, boshqaruvni qaytadan ko‘rib chiqishi, qaror qabul qilish jarayonlarini muqobillashtirishi kerak. Paydo bo‘lgan xatarlarga qanday javob qaytarishingizni aniqlab oling, hal qiluvchi harakatlarni rag‘batlantiring. Hozirgi vaziyat tashkilotlardan moslashuvchanlik bo‘lishni talab qilmoqda.

2. Mas'ullarni tayinlang. Kompaniyada zarur vakolatlarga ega tezkor shtab faoliyat ko‘rsatishi kerak. Bunday vakolatlar sirasiga yuqori va quyi darajada qaror qabul qilish imkoniyati bo‘lishi lozim. Tezkor shtab bosh direktor, boshqaruv va direktorlar kengashi bilan doimiy muloqot o‘rnatishi kerak.

3. Rejalarni vaziyatdan kelib chiqib o‘zgartiring. Hozirda bozordagi volatillikning o‘sishi va narxlarning pasayishi xatarlar darajasining oshishiga sabab bo‘ldi. O‘zingizga savol bering: hozirgi va kelgusidagi bozor holati xatarlarning qanday darajasini aks ettirmoqda? Masalan, bank kredit siyosati va limitlar, ayniqsa, o‘rta va kichik tadbirkorlikda, eng ko‘p jabr ko‘rgan sohalar qayta ko‘rib chiqilishi kerak, yangi savdo strategiyalarida bozordagi volatillikning o‘sishi hisobga olinishi lozim.

4. Voqealarni muntazam kuzatib boring. Xatarlar, eng yuqori va pastki ko‘rsatkichlar bo‘yicha kunlik hisobotlarni diqqat bilan kuzatish va tahlil qilib borish kerak. Bank va kompaniyalar likvidlik darajasini har doimgidan ham ko‘proq kuzatib borishi, aktivlar konsentratsiyasi xavfini muntazam monitoring qilishi kerak bo‘ladi.  

 5. O‘tmishdan saboq chiqaring. Qaror qabul qilishda avvalgi inqirozlardan o‘tishda to‘plangan tajribalarga suyanish osonroq bo‘ladi. Osonroq bo‘lishi uchun 2008 va 2014 yillardagi inqirozlarni chuqurroq o‘rganish kerak. 

 6. Kompaniyaning zaif nuqtalarini toping. Mavjud sharoitda xatarlarni samarali boshqarish uchun aniq ssenariyga emas, uning ta'sir ko‘rsatish xususiyati, oqibatlariga e'tibor qaratgan ma'qul. U yoki bu ssenariy rivojlanishi va bu qachon sodir bo‘lishini oldindan aniq aytishning imkoni yo‘q. Ko‘pincha ana shu mavhumlik kompaniyalarni xatarlar qarshisida jim turishga olib keladi. Ehtimoliy ta'sir va oqibatlar hamda ularni qanday yumshatishga e'tibor qaratish samara keltiradi.