Telegram kanallaridan birida e'lon qilingan lavhalarda uning endilikda blokatorsiz ötirganini köriş mumkin. Peskovning özi bu ma'lumotga izoh bermagan. 

Avvalroq Peskovda virusga qarşi beyjikni jurnalistlar payqaşgandi. Keyinroq u uşbu moslamani dorixonada sotib olganini, biroq u koronavirusga qarşi yordam berişi-yöqligini bilmasligini aytgan. Peskovning ta'kidlaşiça, blokatorni taqib yurişning zararli jihatlari yöq.  

Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda Rossiyada bunday qurilmalarning bir neçta, misol uçun, AirDoctor va “Blokator” kabi turlarini topiş mumkin. Jumladan, “Blokator” qurilmasi “havoni zararsizlantirib, A turidagi gripp ştammi va adenovirus faolligini kamaytiruvçi profilaktik vosita” deb ataladi. 

Virus blokatorlarini işlatiş yöriqnomasida undan dioksid xlor ajralişi va havoni zararsizlantirişi, şuningdek, «patogen mikroorganizmlar, zamburuğlar, bakteriyalar va viruslarni samarali öldirişi» haqida yozilgan. Biroq bunday blokatorlar yetarli darajada örganilmagan, ularning qançalik samara berişi ma'lum emas.

Dioksid xlor dezinfeksiya maqsadida qöllanadi, ammo undan havoni zararsizlantiriş uçun foydalanilmaydi. Bundan taşqari, dioksid xlor havoda juda tez parçalanib ketadi.

Mutaxassislar bunday vositalarning koronavirusdan himoyalay olişiga şubha bildirişadi. Ular blokator koronavirusga qarşi samarali ekanlikka sinovdan ötmagani va barça kasalliklardan vosita böla olmasligini eslatib ötişgan.